Dubayda yozda uchuvchisiz uchar taksilar ishga tushiriladi

Shu yilning iyulida Dubayda avtopilot bilan jihozlangan va odam tomonidan boshqarilishni talab qilmaydigan birinchi uchar taksilar ishlay boshlaydi. Bu haqda Jahon hukumat sammitida amirlikning yo‘l va transportlar boshqarmasi boshlig‘i Mattar al-Tayyer ma’lum qildi, deb yozadi Motor.

Foto: Motor

Foto: Motor

Bir o‘rinli uchivchisiz uchar qurilma Xitoyning EHang kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilma 250 kg tosh bosadi, u og‘irligi 100 kilogrammgacha bo‘lgan yuklarni tashiy oladi. U 106 kilovattlik sakkizta elektr motorlar bilan ta’minlangan, ular 14,4 kilovatt-soat sig‘imli batareyalar komplektidan quvvat oladi.

Zaryad 50 kilometrlik parvoz yoki 23 daqiqaga yetadi. O‘rtacha tezlik soatiga 100 km, maksimal tezlik esa — soatiga 160 km. Uchuvchisiz uchar qurilmani zaryadlashga 2—4 soat vaqt ketadi.

Qurilma saloniga sensorli ekran o‘rnatilgan, uning yordamida istalgan yakuniy nuqta ko‘rsatiladi. U faqat oldindan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha ucha oladi. Uchuvchisiz qurilmalarning faoliyati kecha-yu kunduz maxsus tuzilgan boshqaruv markazi tomonidan kuzatiladi va nazorat qilinadi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing