Toyota’ning amerikalik dileri o‘z mijoziga yangi Tacoma pikapini sovg‘a qildi. Yangi avtoulov mijozning 2000-yilgi 988345 mil (qariyb 1,6 million kilometr) masofani bosib o‘tgan eski mashinasi o‘rniga berildi. Bu haqda Reddit nashriga tayanib, “Motor” xabar berdi.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Avtomobilning kuzovi zararlangan, biroq texnik jihatdan u a’lo darajada. O‘tgan vaqt davomida mashinaga jiddiy zarar yetmagan. Avtomobilning almashtirilgan yagona qismi kardan vali bo‘lib, u mashina 600 ming mil (965 ming kilometr) masofani bosib o‘tgandan so‘ng almashtirilgan.

Avtomobilning boshqa qismlari yangi holatdagidek ishlamoqda va hech qachon ta’mirlanmagan. Bundan tashqari, mashina har ikki yilda zararli moddalar chiqarish darajasi bo‘yicha testdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Avtomobilni 17 yil avval sotgan diler uni to‘liq qayta tiklash va o‘zining namoyish zaliga joylashtirishni rejalashtirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!