Tailandning Chantxaburi shahrida ko‘ngilsiz voqea yuz berdi. Qishloqlardan birida mahalliy aholi fillar hujumidan saqlanish uchun hudud bo‘ylab qopqonlar o‘rnatdi. Qurbonlar orasida 5 oylik filcha ham bor edi, deb yozadi TravelAsk.
Filchaning baxtiga, u tiklanish jarayonini o‘tkazish uchun Pattayadagi Nong Nuch nomli shaxsiy tropik bog‘iga keltirildi. Jonzotga noodatiy muolaja – uning yurishini tiklashga yordam beradigan gidroterapiya belgilandi.
Yaralangan jonzot Fa Jam — “Toza osmon” deb nomlandi.
Nong Nuch parkida unga alohida maydoncha yasalgan.
Filchaning chap oyog‘i jiddiy jarohat olgan.
Uning ajoyibligini qarang!
Filcha jarohatidan tiklanguniga qadar, mutaxassislar unga yurishga yordam beradigan maxsus charm poyabzal yasab berdi.
Veterinarlar filchaning oyog‘i yiringlab ketmasligi uchun uni maxsus qorishmalar yordamida tez-tez chayib turadi.
Shundan so‘ng yangi bog‘ich bog‘lanadi.
Tiklanish jarayonining asosiy qismi – gidrotepariya.
Fa Jam ehtiyotkorlik bilan suvga tushiriladi. Bu oson ish emas.
Muxatassislar bunday muolaja jonzotning oyoq mushaklari ishlab ketishiga yordam berishiga ishonmoqda.
Filcha suvga tushirilishdan avval xavfsizlik kamarlari bilan mahkamlanadi.
Jonzot hali suzishni bilmaydi, trosslar uning cho‘kib ketmasligi uchun kerak.
Fa Jam juda yosh bo‘lgani uchun suvdan qo‘rqadi, ammo biroz vaqt o‘tgach, u suzishni yaxshi ko‘rib qoladi.
Charchagan vaqtda inson yelkasida dam olish mumkin.
Muolaja o‘z yakuniga yetdi.
Filcha unga yordam berayotgan odamlarga ishonadi.
Fa Jam protezlarsiz yurib ketishiga umid qilishmoqda.
Hozircha kichik jonzot baxtli kelajakka umid ko‘zlari bilan qaramoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)