Janubiy Koreya hukumati KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda Milliy xavfsizlik kengashining Seulda mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo An boshchiligida bo‘lib o‘tgan shoshilinch majlisida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Uchrashuv davomida ishtirokchilar Kim Chon Namning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi. Ushbu hodisaning Koreya yarimorolidagi siyosiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatish ehtimoli ko‘rib chiqildi”, — deyiladi majlis yakunlari bo‘yicha tarqatilgan press-relizda.
Xvan Gyo An hukumat ushbu masalaga jiddiy yondashishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, agar Kim Chon Namning o‘ldirilishi Shimoliy Koreya hukumatining tashabbusi bilan amalga oshirilganligi aniqlansa, bu Kim Chen In rejimining shafqatsiz va g‘ayriinsoniy ekanligining navbatdagi isboti bo‘ladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)