Toshkent hayvonot bog‘iga Rossiyaning Novosibirsk hayvonot bog‘idan taqdim etilgan jonivorlar 12-fevral kuni yetib keldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Novosibirskdan keltirilgan hayvon turlarining bir qismi Toshkent hayvonot bog‘ida avval ham bor edi.
Xususan, erkak mandril, Bennet kengurusining, buramashox echkining hamda yoqali pekarining urg‘ochilari hayvonot bog‘ida shu vaqtgacha bo‘lgan ushbu hayvon turlariga juft bo‘lishi uchun olib kelingan.
Mangust va Sibir silovsinlari esa Toshkent hayvonot bog‘i kolleksiyasi uchun yangilikdir.
Keltirilgan hayvonlarning bari juda yosh ekani ma’lum qilindi. Hayvonot bog‘i xodimlari bu jonivorlar kelajakda nasl qoldirishiga umid bilan qaramoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.