Rossiya Xitoy uchun S-400 zenit-raketa tizimini ishlab chiqara boshladi. Bu haqda 14-fevral, seshanba kuni “Rostex”ning xalqaro hamkorlik va hududiy siyosat bo‘yicha direktori Viktor Kladov ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Xitoy S-400 tizimini xarid qilishi bo‘yicha shartnoma tuzilganligi haqida 2015-yilning aprelida rasman e’lon qilingan edi. Shartnoma tuzilishi va uning moliyaviy hajmi ma’lum qilinmadi.
Kladov, shuningdek, yana bir qator mamlakatlar S-400 tizimini Rossiya Federatsiyasidan xarid qilishni rejalashtirayotganligini ma’lum qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)