Uch noma’lum shaxs Toshkent viloyati Parkent shahrida yashovchi fuqaroning uyiga ochiq qolgan eshik orqali bostirib kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bosqinchilar 63 yoshli uy bekasini pichoq bilan qo‘rqitib, qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, urib tan jarohati yetkazgan. Ular xonadondan 500 ming so‘m pul, ikki Nokia mobil telefoni va spirtli ichimlikni olib, voqea joyidan yashiringan.
Qidiruv natijasida jinoyatni Parkent shahrida yashovchi 29 va 32 yoshlardagi ikki shaxs Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 43 yoshli fuqaro bilan birgalikda sodir etgani aniqlandi va gumonlanuvchilar qo‘lga olingan.
“Ularga nisbatan hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)