Pentagon Nyu-Yorkdagi Trump Organization kompaniyasi shtab-kvartirasi joylashgan Trump Tower osmono‘parida xonalarni ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN manbalariga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Mudofaa vazirligi bu yerda prezident Donald Trampda Nyu-Yorkdagi qarorgohiga borish istagi tug‘ilsa, vazifasiga ko‘ra yonida bo‘lishi ko‘zda tutilgan bir necha xodimlarini joylashtirish niyatida. 

Telekanalga ko‘ra, gap AQSh prezidenti yadro qurolini qo‘llash haqida buyruq berishi mumkin bo‘lgan “yadro chamadoni” haqida ham ketmoqda. Bunday chamadonni doimiy ravishda qo‘riqlash mamlakat qurolli kuchlarining davlat rahbari yaqinida bo‘lishi zarur maxsus tayinlangan zobitlariga topshiriladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.