IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Iroqning Mosul shahri hududidagi universitetda iprit zaharlovchi gazini ishlab chiqargan. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jeff Devis ekspertiza natijalariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi DNA.
Mosul universiteti IShID jangarilari tomonidan kimyoviy qurollar ishlab chiqarishda markaziy o‘rinni egallagan.Uning ta’kidlashicha, ipritdan ta’sir qiluvchi vosita sifatida foydalanish rejalashtirilganligi ehtimoli yuqori. Uning so‘zlariga qaraganda, gazdan odam o‘ldirish uchun foydalanilganligi haqida ma’lumotlar yo‘q.Jeff Devis, Pentagon rasmiy vakili
28-yanvar kuni iroqlik harbiylar IShID guruhidan ozod etilgan Mosulning sharqiy tumanlaridan birida iprit zaharli moddasi saqlangan omborga duch kelganligi ma’lum qilingan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)