Amerikalik xonanda Madonnaga Afrika qit’asida joylashgan Malavi davlatidan yana ikki bolani asrab olishiga ruxsat berildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Oliy sud chiqargan tegishli qaror o‘qib eshittirilayotgan vaqtda Madonnaning o‘zi ham sud zalida bo‘lgan.
Sud vakilining qayd etishicha, Madonna boqib olmoqchi bo‘lgan bolalar bilan bog‘liq tafsilotlar ommaga e’lon qilinmasligi kerak.
Daily Mail, o‘z navbatida, qo‘shiqchi ikki yildan buyon bolalar uyida tarbiyalanayotgan egizak qizlar — Ester va Stella Mvalening o‘gay onasiga aylanishini ta’kidlamoqda.
Avvalroq Madonna Malavidan yana ikki bolani asrab olish uchun tegishli organlarga hujjatlar topshirgani haqida xabar tarqalganida, xonanda buni rad etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Madonna 2008-yil Devid Banduni, bir yil o‘tib, Mersi Jeymsni asrab olgandi. Ularning ikkovi ham malavilik.
Ulardan tashqari, xonandaning Lurdes Leon ismli qizi hamda Rokko Richi ismli o‘g‘li bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)