Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Rabotak” mahalla fuqarolar yig‘inida yangilangan namunaviy loyihalar asosida har biri 16 xonadonga mo‘ljallangan ikki qo‘shqavatli va maydoni ikki sotixdan iborat o‘nta bir qavatli uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Birinchi Prezident rahnamoligida qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar barpo etishga qaratilgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Sharoiti shaharnikidan qolishmaydigan bunday uylar narxi nisbatan arzonligi bilan barchaning e’tiborini tortmoqda. Biz istiqomat qilayotgan uch xonali uy uchun to‘lovning boshlang‘ich badali atigi 15 foiz. Narxning qolgan qiymati “Qishloqqurilishbank”dan 15 yil muddatga ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan qoplanishi yosh oilalar uchun juda qulay. Bundan tashqari, qishloq sharoiti inobatga olinib, tandir qurish, mevali daraxt o‘stirish, parranda boqish imkoniyati mavjud.Nargiza Sharipova, yangi uy sohibalaridan biri
“Rabotak” mahalla fuqarolar yig‘inida uy-joy qurilayotganini eshitib, tuman hokimligiga ariza bilan murojaat qildim. Bank ham kredit ajratdi. Mana, oilamiz bilan uch xonali uyga ko‘chib o‘tdik. Uyimiz Buxoro shahriga yaqin bo‘lib, ishga borib kelish ham qulay.O‘zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayramiga qadar Rabotak mahallasida har biri to‘rt sotixdan iborat yana 130 dan ziyod to‘rt xonali uy o‘z egalariga topshiriladi.Suhrob Kenjayev, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali shifokori
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)