Suriya hukumat kuchlari IShID tomonidan egallab turilgan Al-Bob shahri atrofidagi marralarini mustahkamlab, jangarilarni amalda ta’minotdan uzib qo‘ydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya qo‘shinlari IShID jangarilariga Raqqa va Dayr-az-Zor viloyatlaridan madad kelib turgan yo‘llarni o‘z nazorati ostiga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Shunday qilib, Al-Bobdagi IShID jangarilari amalda qamal holatida qolgan. Qayd etish joiz, Raqqa va Dayr-az-Zor ham ayni vaqtda IShID nazorati ostida qolmoqda.
Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda Suriya hukumat kuchlari Al-Bob tomon harakatlanishda davom etmoqda.
Avvalroq Turkiya IShIDning Al-Bobdagi “noibi”ni yo‘q qilgani haqidagi xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.