Muqimiy nomidagi musiqiy teatr aktyori Turg‘un Beknazarov unvon va uy-joy muammosi bilan O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedovga murojaat etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Foto: Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Xabar berishlaricha, vazir har ikkala masala bo‘yicha 2017-yilning to‘rtinchi choragida muammolarni bartaraf etish borasida boshqarma boshliqlariga topshiriqlar bergan.

“Garchi Turg‘un Beknazarov tomonidan bayon etilmagan bo‘lsa-da, Bahodir Ahmedov 2017-yil kuzida aktyorning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan ijodiy kecha tashkil qilish borasida ham tegishli ko‘rsatma berdi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.