Tramp sudyalarning migratsiya haqidagi farmonning to‘xtatilishi bilan bog‘liq ko‘rsatmasini bekor qilishga va’da berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida Detroyt va Sietl federal sudyalarining AQSh hududiga yetti musulmon mamlakat fuqarolari kirishini taqiqlovchi farmonning amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi ko‘rsatmasini tanqid qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Donald Tramp. Foto: bbc.com

Donald Tramp. Foto: BBC News

“Sudya deb atalgan shaxsning mamlakatimizda huquq tartibotini ta’minlashni sezilarli darajada buzayotgan fikri xunuk bo‘lib, u albatta bekor qilinadi”, — deb yozadi AQSh davlat rahbari.

Avvalroq Detroyt federal sudyasi Viktoriya Roberts prezident Donald Trampning immigratsiya bilan bog‘liq farmonini vaqtincha to‘xtatib turish haqida ko‘rsatma bergan edi.

Shuningdek, Sietl sudiga AQSh prezidenti Donald Trampning muhojirlik haqidagi farmoniga qarshi jamoaviy da’vo kiritilgani xabar qilingan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing