Xitoyning Xenan provinsiyasida yashovchi xitoylik qo‘shnilari bilan mojaro davomida ulardan besh nafarini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa 3-fevral, juma kuni Yunchen shahar okrugida yuz berdi. Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, Lu sharifli erkak hodisa joyida uch nafar qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan, yana to‘rt nafari yaralangan. Ulardan ikki nafari keyinroq shifoxonada halok bo‘lgan.
Shundan so‘ng erkak o‘z joniga qasd qilishga uringan. Biroq voqea joyiga yetib kelgan tartib qo‘riqchilari uni hibsga olgan. Qo‘shnilar o‘rtasidagi janjalga yer masalasi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)