Xalqaro futbol uyushmasi FIFA futbol yaxlitligini mustahkamlash, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘yicha Sportradar Integrity xizmati bilan bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
FIFAning bu loyihasida unga a’zo bo‘lgan barcha konfederatsiyalar faol ishtirok etadi. Kelajakda o‘tkaziladigan barcha musobaqalarda FIFA Sportaradar bilan birgalikda hamkorlik qilib, o‘yinlar monitoringini o‘tkazib boradi.
FIFA uchun o‘yin halolligini saqlab qolish birinchi darajali vazifadir. Musobaqalarda yuz berishi mumkin bo‘lgan har xil hiylali vaziyatlarning oldini olish borasida FIFA Sportradar bilan ishlaydi. Kelishuv va qing‘irliklarni aniqlash hamda oldini olish bo‘yicha jahon yetakchisi bilan hamkorlik qiladi.Ma’lumot uchun, shtab-kvartirasi Sankt Gallenda joylashgan Sportradar dunyoning kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashuvchi eng yirik tashkiloti hisoblanadi. Unga 2000-yilda asos solingan bo‘lib, hozirga qadar jahonning ko‘zga ko‘ringan 13 ta federatsiyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.Janni Infantino, FIFA prezidenti
Izoh (0)