O‘zbekiston bozorlarida Motorola kompaniyasining eng kuchli smartfonlaridan biri — Moto Z smartfoni sotuvi boshlandi. Moslama so‘nggi avlod USB Type-C ulagichi hamda Moto Mods almashinadigan modullari bilan ajralib turadi. Bu haqda “Mobinfo.uz” xabar bermoqda.
O‘ziga xos dizaynga ega Moto Z korpusi yomg‘ir, turli tomchi va suyuqliklardan saqlay oladigan suvni qochiruvchi nanoqoplama bilan jihozlangan.
Korpus zanglamaydigan po‘lat hamda bozordagi eng yupqa 5,2 millimetrli aviatsion alyuminiydan yaratilgan.
- Protsessor: Qualcomm® Snapdragon™
- Displey: AMOLED 5.5 dyuym Quad HD
- Xotira: operativ xotira: 4 Gb / o‘rnatiladigan xotira: 32 Gb (microSD uchun joy)
- Kamera: Asosiy kamera: 13 megapiksel, old kamera: 5 megapiksel
- Akkumulyator: 2600 amper-soat (30 soat avtonom ishlaydi) + TurboPower (smartfonning avtonom ishlash vaqtini 8 soatga uzaytiradi)
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.