Toshkent va Shanxay hayvonot bog‘lari hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuv doirasida Xitoy hayvonot bog‘i direktori o‘rinbosari Vang Aishan boshchiligidagi delegatsiya poytaxtda bo‘ldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Tashrif chog‘ida hayvonot bog‘lari o‘rtasidagi aloqalarni yanada jonlantirish masalalari muhokama etildi. Jonivorlarni almashish bo‘yicha zarur hujjatlar to‘plami tayyorlandi va kelishib olindi.
Mehmonlar Toshkent hayvonot bog‘i tarixi va rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirildi, ularga bu yerda saqlanayotgan hayvonot dunyosi vakillari ko‘rsatildi.
Jonivorlarni almashish bo‘yicha shartnomalar muhokama qilindi va imzolandi. Hayvonot bog‘lari o‘rtasidagi hamkorlikning kelgusi bosqichlari kelishib olindi. Hamkasblar Toshkent va Shanxay hayvonot bog‘lari aloqalari yanada mustahkamlanishi va uzoq muddat davom etishiga ishonch bildirdi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Toshkent hayvonot bog‘i matbuot xizmati