Panksatoni shahri (Pensilvaniya shtati)dagi yashaydigan va ob-havoni bashorat qiladigan Fil laqabli sug‘ur o‘z soyasini ko‘rdi. Bu — erta bahorni kutishdan foyda yo‘q, degani; oldinda yana olti hafta davom etadigan qish kutib turibdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Bu Filning 131-bashorati bo‘ldi. Panksatonidagi sug‘ur yordamida ob-havoni taxmin qilish odati 1886-yildan boshlangan.
Sug‘ur kuni AQSh va Kanadada har yili 2-fevralda nishonlanadi. Agar sug‘ur inidan chiqib, o‘z soyasini ko‘rmasa va ko‘chada qolsa, bahor erta keladi, agar u o‘z soyasini ko‘rib, qo‘rqib ketsa, qish davom etadi, deb hisoblaniladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.