Angliya Premyer-ligasining 23-turiga kelib Joze Mourinyo boshchilik qilayotgan “Manchester Yunayted” klubi futbolchilari yana bir bor ochko yo‘qotdi. Bu esa klubga dastlabki to‘rtlikda borayotgan jamoalarga yaqinlashib olish imkonini bermadi.
Liganing xavfli pog‘onasida borayotgan “Xall Siti”ni qabul qilgan “Yunayted” 0:0 hisobiga imzo chekdi. O‘tgan hafta “yo‘lbarslar” o‘z uyida “Yunayted”ni mag‘lub etib, “qizil iblislar”ning mag‘lubiyatsiz davom etib kelayotgan seriyasini yakunlab qo‘ygandi. Endi esa “Xall” “Old Trafford”dan 1 ochko ishlab qaytdi.
Manchester shahrining boshqa bir klubi “Siti” Londondan yirik g‘alaba bilan qaytdi. Slaven Bilich boshchilik qilayotgan “Vest Hem” mehmoni bo‘lgan “shaharliklar” javobsiz 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va ochkolari sonini “Liverpul”niki bilan tenglashtirib oldi. Bir kun muqaddam kuchli to‘rtlikda borayotgan jamoalarning hammasi ochko yo‘qotgandi.
Angliya Premyer-ligasi 23-tur bellashuvlari 1-fevral, chorshanba