Instagram ijtimoiy tarmog‘ining indoneziyalik foydalanuvchisi Aditya Ariyanto Minecraft o‘yinida hayvonlar qanday ko‘rinishi mumkinligini tasvirlashga qaror qildi, deb xabar beradi Meduza.
Ariyanto bu ishda bepul foto omborlar — Unsplash va Pixabay’dan foydalangan. So‘ngra u suratlarni Photoshop dasturi yordamida maxsus effektlar bilan o‘zgartirgan.
Eslatib o‘tish joiz, Minecraft — kompyuter o‘yini hisoblanib, unda o‘yinchi kublardan tashkil topgan 3 o‘lchovli olamda harakatlanib, turli topshiriqlarni bajaradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.