Jonni Depp ko‘chmas mulk uchun 75 million, yaxta xaridiga 18 million dollar sarfladi. Bu haqda aktyorning haddan ortiq xarajatlaridan norozi bo‘lib, sudga murojaat qilgan sobiq menejerlari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Aktyor 14 ta ko‘chmas mulk obyekti, jumladan, Fransiyada shato, Los-Anjelesda uylar, qator orollarni xarid qilish uchun 75 million dollar sarflagan. Yana 18 million dollar elita yaxta uchun to‘langan.
Deppning sobiq menejerlariga ko‘ra, 45 ta “lyuks” toifasidagi transport vositalarini sotib olish va saqlash, san’at asarlari kolleksiyasi xaridi uchun ham millionlar sarflagan.
Shuningdek, Depp yozuvchi Xanter Tompsonning xokini maxsus zambarakdan havoga sochish uchun 3 million dollar, sharob uchun oyiga 30 ming dollardan ishlatgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.