Italiya
Mamlakat kubogining yarim finalida to‘p suradigan barcha jamoa nomiga oydinlik kiritildi. Bunga qadar “Napoli”, “Yuventus” va “Latsio” klublari final ostonasiga qadar yetib kelgan bo‘lsa, endi Rimning “Roma” klubi ular safiga qo‘shildi.
Italiya kubogi 1/4 final 1-fevral, chorshanba
“Roma” — “Chezena” 2:1
Gollar: Edin Jeko, 68 (1:0). Luka Garritano, 73 (1:1). Franchesko Totti, 90+7-pen (2:1).Italiya kubogi reglamentiga ko‘ra, yarim final bosqichiga qadar jamoalar faqatgina 1 ta o‘yin orqali navbatdagi bosqich masalasini hal qilishi kerak edi. Final ostonasida esa juftliklar uy-safar tizimida kuch sinashadi.
Italiya kubogi 1/4 final 1-mart, chorshanba
“Yuventus” — “Napoli”“Latsio” — “Roma”
5-aprel, chorshanba“Napoli” — “Yuventus”“Roma” — “Latsio”
Kecha, shuningdek, Italiya A seriyasida 19-turdan qolib ketgan 1 ta uchrashuv bo‘lib unda va “Fiorentina” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Mazkur g‘alaba Florensiya klubini turnir jadvalida 7-o‘ringa olib chiqdi. “Milan” esa o‘z-o‘zidan 1 ta pastga sho‘ng‘idi.
Italiya A seriyasi 19-tur o‘yini 1-fevral, chorshanba
“Peskara” — “Fiorentina” 1:2
Gollar: Janluka Kaprari, 15 (1:0). Kristian Telyo, 68 (1:1). Kristian Telyo, 90+5 (1:2).Fransiya
Fransiyada mamlakat kubogining nim chorak finaliga yo‘llanma olgan barcha juftliklar nomi ma’lum bo‘ldi. Birinchi kun o‘yinlari natijasi bilan shu havolada, ikkinchi kun natijalari bilan quyida tanishish mumkin.Chempionatda peshqadam bo‘lib turgan “Monako” kubokning navbatdagi bosqichiga yo‘l olish uchun xokkey o‘ynadi. Quyi liga vakilini 5:4 hisobida taslim qilgan monakolik futbolchilar yarim soatdan ko‘proq bir kishi kam harakat qilishga majbur bo‘lgandi. “PSJ” esa raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 4:0.
Fransiya kubogi 1/16 final 1-fevral, chorshanba