Gabon mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Afrika Millatlar kubogida finalning birinchi ishtirokchisi aniqlandi. Uning ostonasida Burkina-Faso termasiga qarshi saf tortgan misrlik futbolchilar penaltilar seriyasiga ko‘ra muvaffaqiyat qozondi.
O‘yinning 66-daqiqasiga kelib “Roma” a’zosi Muhammad Saloh misrlik futbolchilarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib Burkina-Faso futbolchilari muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi va g‘olib penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlandi.
Yarim finalning ikkinchi o‘yini bugun Kamerun va Gana termalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Misr terma jamoasi Afrika Millatlar kubogining oxirgi 3 tasida ishtirok etmagandi. Termaning musobaqaga qaytishi esa final chiptasining qo‘lga kiritilishiga sabab bo‘ldi. Fir’avnlari bilan mashhur bo‘lgan Misr yetti bor: 1957, 1959, 1986, 1998, 2006, 2008 va 2010-yillarda Afrika Millatlar kubogining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Bu borada Afrikaning hech bir termasi Misr bilan tenglasha olmaydi.
Afrika Millatlar kubogi Yarim final 1-fevral, chorshanba