Shvetsiyalik sportchi Deniel Bodin qormobilda yuqoriga ko‘tarilib orqaga ikki martalik saltoni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. U dunyoda bu ishni amalga oshira olgan birinchi inson. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Men buni qila oldim! Bunga ishona olmayapman! Buni tushuntirib berishning iloji yo‘q – dunyoda hech kim bu hissiyotni tushuna olmaydi. Men bu tryukni amalga oshirishni ikki yildan ko‘proq orzu qildim.Deniel Bodin
Ekstremal sportchi yana bir ajoyib harakatni 2013-yilda amalga oshirgan. O‘shanda u qormobilda chang‘i tramplinidan sakragan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.