Ijtimoiy va moddiy madaniyat taraqqiyoti rivojlangani sayin go‘zallik to‘g‘risidagi tasavvurimiz ham o‘zgarib boraveradi. Bugungi kunga kelib, dunyo bo‘yicha tashqi qiyofaning go‘zallik deb hisoblanuvchi standartlari deyarli bir xil.
Shunga qaramasdan sayyoramizning chekka burchaklaridagi hali ham saqlanib qolgan qabilalarda muhit butunlay boshqacha.
Padaung (Osiyo)
Qizlar bo‘yniga 5 yoshidan boshlab soni asta-sekin oshib boruvchi jezdan yasalgan spirallar o‘rab qo‘yiladi. Turmushga chiqish yoshiga yetguncha bechora qizlarning bo‘yni juda uzun shaklga kelib qoladi.
Apatani (Hindiston)
Afsonalarga ko‘ra, bir necha asrlar muqaddam bu qabila ayollari juda go‘zal bo‘lishgan va ularni har doim olib qochishgan. Bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabila boshlig‘i bo‘yrug‘iga asosan ayollar burun parraklari tortib kengaytiriladi va og‘ir, qo‘pol taqinchoqlar taqib qo‘yiladi.
Sepik (Papua-Yangi Gvineya)
Bu qabila odamlarini Timsoh qabilasiga mansub deyishadi va hatto bunga o‘zlari ham ishonishadi. Erkaklarga timsoh kuchini berish maqsadida badani va yuzlari maxsus tig‘ yordamida chandiqqa aylantiriladi.
Guro (Bali)
Guro odamlarining tishlari bolaligidan boshlab charxlab boriladi. Jangchilar o‘zlarining jasurlik va g‘azablarini dushmanlariga shu orqali bildiradi.