7-fevral kuni “Al-Jaish”ga qarshi Osiyo Chempionlar ligasining pley-off o‘yinida maydonga tushadigan Toshkentning “Bunyodkor” klubi ayni kunlarda Amirliklarning Dubay shahrida bo‘lib turibdi.
Tayyorgarlik doirasida Sergey Lushchan boshqaruvidagi jamoa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Chonbuk Motors”ga qarshi maydonga tushishi xabar berilgandi. Kecha — 1-fevral kuni mazkur jamoalar Dubayda o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuv “qaldirg‘ochlar”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. 2015-yil yakunlariga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlik qilgan ikki futbolchi — Eldor Shomurodov hamda Doston Hamdamov Janubiy Koreya klubi darvozasiga yo‘l topgani haqida “Championat.asia” nashri xabar berdi. Koreyaliklardan esa Jongeun Murod Zuhurov qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘l topgan.
Ma’lumot uchun, 2016-yil yakunlariga ko‘ra Osiyo Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan “Chonbuk Motors” Key ligadagi kelishilgan o‘yinlarda ayblanib, Chempionlar ligasining 2017-yilgi mavsumidan chetlatilgandi.
Nazorat o‘yini Dubay, BAA 1-fevral, chorshanba