Buyuk Britaniya hukumati mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqish rejasi — “Oq kitob”ni chop etdi. 77 sahifadan iborat hujjat hukumat saytida e’lon qilindi, deb yozadi “Kommersant.ru”.
Unda qirollik bosh vaziri Tereza Mey yanvar oyi o‘rtasidagi dasturiy nutqida belgilab bergan 12 nizom ko‘rsatib o‘tilgan.
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishda amal qiluvchi tamoyillar orasida, jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan bojsiz savdo haqida bitim tuzilishi ham belgilangan.
Hujjatda chegaralarda va bojxona jarayonlarida nazorat joriy etilishi ham ko‘zda tutilgan, biroq Yevropa Ittifoqidan chiqqandan so‘ng ushbu nizomlarni amalga oshirish uchun qancha vaqt talab etilishi ma’lum qilinmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)