O‘zbekistonda 2017-yilning 1-yanvar holatiga ro‘yxatga olinib, davlat reyestriga kiritilgan ommaviy axborot vositalarining umumiy soni 1514 tani tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.

Foto: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

Foto: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

Ulardan 691 tasi gazeta, 309 tasi jurnal, 15 tasi axborotnoma-byulleten, 4 tasi axborot agentligi, 65 tasi televideniye, 35 tasi radio va 395 tasi veb-saytdir.

2017-yilning 1-yanvariga qadar agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha jami 134 ta (42 ta bosma, 92 ta elektron (radio, TV, veb-saytlar) arizalar ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida ular tegishli tartibda ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, tegishli guvohnomalarga ega bo‘ldi.

Iqtisodiy tang ahvolda qolganligi hamda turli sabablarga ko‘ra faoliyat ko‘rsatmayotganligi uchun 2016-yilda 35 ta (25 ta gazeta, 10 ta jurnal, 1 axborotnoma-byulleten) bosma, 5 ta (4 ta veb-sayt, 1 ta televideniye) elektron OAV chiqarilishi muassislar qarorlariga ko‘ra, shuningdek, 5 ta gazeta, 1 ta jurnal, 1 telekanal faoliyati agentlik da’vo arizalariga muvofiq xo‘jalik sudlari qarorlariga asosan tugatilib, davlat reyestridan chiqarildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.