Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida majlis bo‘lib o‘tdi. Majlisni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Musa Yerniyazov boshqarib bordi, deb yozadi “KRuz.uz”.

Foto: “KRuz.uz”

Foto: “KRuz.uz”

Majlisning kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘istondagi “Xalq qabulxonasi”ga kadr tayyorlash masalasi ko‘rib chiqildi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi farmoyishi bilan Hakimbay Ashirovich Halimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Xalq qabulxonasi” rahbari etib tayinlandi.

Hakimbay Halimov bungacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh prokurori lavozimida ishlagan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.