Oq uyning rasmiy vakili Shon Spayser Donald Trampning immigratsiya bilan bog‘liq qoidalarni qat’iylashtirish to‘g‘risidagi farmoni mamlakatning sobiq prezidenti Barak Obama ma’muriyati faoliyati bilan qisman bog‘liqligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Obama ma’muriyati birinchi bo‘lib aynan shu mamlakatlarni qayd etgan edi”, — dedi Shon Spayser.
2016-yil fevral oyida Obama ma’muriyati vizasiz kirish dasturiga muvofiq, “tashvish uyg‘otayotgan mamlakatlar” ro‘yxatiga Liviya, Yaman va Somalini kiritgan edi. Bungacha Eron, Suriya, Iroq va Sudan mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan edi.
Aynan shu yetti davlat nomi Tramp imzolagan, fuqarolarining AQShga kirishiga taqiqlangan mamlakatlar to‘g‘risidagi farmoniga kiritilgan.
Oq uy matbuot kotibi Spayser aholisining ko‘pchiligi islom diniga e’tiqod qiluvchi yana 46 mamlakat borligini aytib, ularning hali ro‘yxatga kiritilmaganini ta’kidladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)