34travel portali yaqin vaqt ichida aynan sayyohlar oqimi kamligi bilan ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan beshta yo‘nalish ro‘yxatini e’lon qildi. Bu ro‘yxatdan Dushanbe, Sofiya, Buxarest, Kasablanka va Boston o‘rin olgan, deb yozadi “Afisha Daily”.
Mazkur ro‘yxatni tuzgan ekspertlar bu shaharlarga tashrif buyurish uchun bir nechta sabablarni ham sanab o‘tgan.
Masalan, Tojikiston poytaxtiga sayyohlar tog‘ manzaralarini tomosha qilish uchun, Bolgariya poytaxtiga diniy qadriyatlar bilan tanishish uchun, Ruminiya poytaxtiga shahar arxitekturasi uchun, Kasablankaga Marokashdagi eng katta masjid, qirollik saroyi va savdo dahasi uchun, Bostonga esa Ilm-fan muzeyi va okean akvariumini tomosha qilish uchun boradi.
Dushanbe
Sofiya
Buxarest
Kasablanka
Boston
Avvalroq Euromonitor tadqiqotchilari Gonkongni xorijlik sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shahar deb topgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.