Tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionatining final o‘yinida kortga tushgan opa-singil Serena va Vinus Uilyamslar jami 4,25 million dollarga ega chiqdi.
“Sport.ru” ma’lumotiga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgani uchun Serena Uilyams 2,8 million dollar bilan taqdirlangan. Hal qiluvchi o‘yinga qadar yetib kelgani uchun uning opasi Vinus Uilyams 1,45 million dollar bilan kifoyalangan.
Sal kam 20 yildan buyon kortga tushib keladigan amerikalik opa-singillar hozirga qadar 120 million dollar ishlab ulgurgan. Bu borada Serenaning g‘alabalari ko‘proqni tashkil qiladi va u 120 millionga ko‘proq hissa qo‘shgan.
Ma’lumot uchun, Serena 35 yoshga qadam qo‘ygan bo‘lsa, uning opasi Vinus 36 yoshni qarshi olgan. Yil davomida ular “Rolan Garos—2017”, US Open—2017 va “Uimbildon—2017” musobaqalarida ham bosh sovrin uchun kurash olib borishi mumkin.
Izoh (0)