Qatar Yulduzlar ligasi
O‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov to‘liq — 90 daqiqa to‘p surgan bellashuvda “Al-Jaish” g‘olib chiqa olmadi. Safarda “Umm Salal” bilan bellashgan klub 1:1 hisobida durang o‘ynadi.Qo‘lga kiritilgan 1 ochko “Al-Jaish”ni turnir jadvalida 3-o‘ringa olib chiqdi. Bugun — 28-yanvar kuni “Ar-Rayyan” Sanjar Tursunov harakat qiladigan “Al-Haraytiyat” klubini o‘z maydonida taslim qila olsa, yana 3-o‘ringa ko‘tarilib oladi. Qayd etish kerak, bir tur avval “Ar-Rayyan” Sardor Rashidov jamoasini safarda 4:1 hisobida taslim qilgandi.
18-tur 27-yanvar, juma
“Umm Salal” — “Al-Jaish” 1:1
Gollar: Hilol Muhammad, 35 (1:0). Ilyos Abduqodir, 61 (1:1).Ma’lumot uchun, “Al-Jaish” “Bunyodkor”ning Osiyo Chempionlar ligasi pley-offidagi raqibi hisoblanadi. Tomonlar 7-fevral kuni Qatarda o‘zaro maydonga tushadi.
Amirlik Pro-ligasi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aziz Haydarov “Ash-Shabob”ning safardagi yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Yarim himoyachi maydonda to‘liq — 90 daqiqa to‘p surdi.Mazkur g‘alaba Haydarov jamoasini turnir jadvalida 6-o‘ringa olib chiqdi.16-tur 27-yanvar, shanba
“Baniyas” — “Ash-Shabob” 2:4
Gollar: Luvannor, 9 (0:1). De Visenti, 55 (0:2). Filip Mendi, 59 (1:2). Filip Mendi, 61 (2:2). Luvannor, 69 (2:3). Luvannor, 90 (2:4).Malayziya Super ligasi
O‘zbekistonlik futbolchilar Farhod Tojiyev va Dilshod Sharofutdinov harakat qilayotgan Malayziyaning “T-Tim” klubi chempionatning 2-turida sharmandali mag‘lubiyat qabul qilib oldi — 0:5. Bellashuvda o‘zbekistonliklar to‘liq — 90 daqiqa to‘p surdi, biroq bu “T-Tim” uchun foydali bo‘lmadi.Farhod Tojiyev mavsum oldidan bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinlarining hammasida gol urgandi. Chempionatning ortda qolgan ikki turida esa maydonni golsiz tark etdi.
Ma’lumot uchun, “T-Tim” mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan gollarning barchasiga legioner futbolchilar mualliflik qildi. Braziliyalik Alves dubl qayd etgan bo‘lsa, qolgan gollar Gambiya, Nigeriya va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan futbolchilar hisobiga yozildi.
2-tur 27-yanvar, shanba
“Pahang” — “T-Tim” 5:0
Gollar: Sumareh, 14 (1:0). Mateus Alves, 55 (2:0). Jaye Von Heo, 66 (3:0). Mateus Alves, 74 (4:0). Dike, 85 (5:0).Malayziya Premyer-ligasi
Besh nafar o‘zbekistonlik futbolchi to‘p surayotgan Malayziyaning quyi divizionida 2-turdan keyin Lutfulla To‘rayev harakat qiladigan “Terengganu” klubi 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Kecha — 27-yanvar kuni To‘rayev jamoasi o‘z maydonida kichik hisobda zafar quchdi.Ma’lumot uchun, uch nafar o‘zbekistonlik to‘p suradigan “ATM” kuchli uchlikni yakunlab turgan bo‘lsa, Bobur Akbarov harakat qiladigan “Kuala Lumpur” yuz foizlik natija bilan liga peshqadamiga aylanib olgan.
2-tur 27-yanvar, shanba