Turkiyaning “Gaziantep” klubi himoyachisi Yunus Emre Yilmaz jamoa darvozaboni penaltini qaytarganidan so‘ng muvaffaqiyatni nishonlash vaqtida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Penalti qaytarilganidan keyin Yilmaz darvozabonga tashlandi va bexosdan to‘pni uning qo‘lidan chiqarib yubordi. To‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi. “Gaziantep” futbolchilarining noroziligiga qaramay, uchrashuv bosh hakami golni inobatga oldi.
Ma’lumot uchun, “Gaziantep” Turkiya chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etadi. Jamoa 18-turdan keyin 13-pog‘onada bormoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)