Turkiya TIVning rasmiy vakili Husayn Muftio‘g‘li brifing davomida AQSh prezidenti Donald Trampning Suriyada xavfsizlik hududlari masalasidagi tashabbusi haqida fikr bildirdi, deb yozadi “Kommersant”.
Biz boshdanoq minglab suriyaliklar kelishi mumkin bo‘lgan ana shunday hududlarni tashkil etish fikrini ilgari surganmiz. Biroq hozir Trampning tashabbusi bo‘yicha bundan keyingi amaldagi harakatlarni kutamiz. Uning navbatdagi farmoyishlari qanday bo‘lishini ko‘ramiz. Shunda vaziyatga baho berish mumkin bo‘ladi.Shuningdek, Muftio‘g‘li AQShning Suriyada xavfsiz hududlar haqidagi rejalari muhim, biroq bu borada hech qanday qo‘shimcha ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi.Husayn Muftio‘g‘li, Turkiya TIVning rasmiy vakili
Avvalroq Donald Tramp jangovar harakatlar hududidan kelayotgan qochoqlar uchun Suriya hududining o‘zida xavfsiz hududlarni tashkil etish rejasini tasdiqlagan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)