Ruminiya sobiq prezidenti Trayan Besesku Moldova prezidenti Igor Dodonga qarshi sudga da’vo kiritdi. U prezidentni “o‘zboshimchalik bilan” uni Moldova fuqaroligidan mahrum qilishda ayblamoqda. Bu haqda Ruminiya sobiq rahbarining advokati Andrey Bivol Mediafax agentligiga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Advokatning ma’lum qilishicha, da’vo Moldova Oliy sudiga kiritilgan.
Bugun biz Moldovaning fuqarolik to‘g‘risidagi qonuni ko‘zda tutgandek, Oliy sudga da’vo kiritdik. Biz Trayan Besesku fuqarolikdan o‘zboshimchalik bilan mahrum qilingan deb hisoblaymiz. Bu qaror fuqarolik to‘g‘risidagi qonun va fuqarolik to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasida ko‘zda tutilgan tamoyillar va tartibga ziddir.Eslatib o‘tish joiz, Dodon 3-yanvar kuni Beseskuni Moldova fuqaroligidan mahrum etish haqidagi dekretni imzolagan edi. Uning fikricha, Beseskuga fuqarolik noqonuniy taqdim etilgan. Moldova rahbari ma’muriyatining aniqlik kiritishicha, Besesku Ruminiyada korrupsiyada ayblanib, bir nechta jinoiy ishlar bo‘yicha gumonlanmoqda.Moldova qonunchiligiga ko‘ra, taqdim etilgan hujjatlar 24 soat ichida sud kollegiyasi a’zolariga taqdim etilishi, shundan so‘ng besh kun ichida qaror chiqarilishi kerak.
Andrey Bivol, Trayan Beseskuning advokati
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)