Yaxshi va sifatli qahva tanlashni oldindan tayyorgarlik ko‘rmasdan turib amalga oshirish qiyin.

Foto: “Coffemanka.ru”

Foto: “Coffemanka.ru”

Rasmiy saytlar orqali qahva ishlab chiqarishga va xom ashyoga doir hamma ma’lumotlarni o‘rganib chiqish zarur.

Do‘konlarda qahva solingan idishlarga ham e’tibor qiling. Tunuka idishdagi qahva idish ochilgandan so‘ng havo ta’sirida oksidlanadi va o‘z hidini, ta’mini yo‘qotadi. Shuning uchun qahva idishlarini va qutilarini diqqat bilan ko‘zdan kechiring.

Bundan tashqari, qahva qanchalik mayda ezilsa, shunchalik foydali xususiyatlari kamayib boradi.

Eng foydali qahva – bu butun qahva doni hisoblanadi va ezilgan qahvaga qaraganda ancha qimmatroq turadi.

Shuningdek, qahvani sifatli va toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi marketlardan olishga harakat qiling.