O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 27-yanvar kuni Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati hokimi Qirimbek Ko‘sherbayev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi qulay geografik va madaniy-gumanitar sharoitlarning yaqinligi o‘zaro siyosiy, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yordam berishi ta’kidlandi.
Shuningdek, mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muntazam aloqalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)