Chili hukumati mamlakatning janubidagi yong‘in bilan qoplangan hududni falokat zonasi deb e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uch kun ichida ko‘lami deyarli ikki barobarga oshgan yong‘in hozirda 240 gektar maydonni qamrab olgan. Hukumat yong‘inlarning ma’lum bir qismi inson omili sabab sodir bo‘lganini taxmin qilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, falokat natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, bir necha fuqaro bedarak yo‘qolgan. Qariyb 10 ming kishi falokat zonasidan evakuatsiya qilingan.
O‘rmon yong‘inlari oqibatida Santa-Olga nomli kichik aholi yashash punkti vayron bo‘lgan. Konstitusyon shahri merining so‘zlariga ko‘ra, Santa-Olgada 6 ming kishi istiqomat qilardi, hozir esa shahardan hech narsa qolmagan, mingdan ortiq uy yo‘q bo‘lib ketgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)