Avtomobil ishlab chiqaruvchilari Xitoy bozorining muhimligini yaxshi biladi. Shu sababli bu yerda boshqa hech qayerda uchramaydigan mashinalarni ko‘rish mumkin. “Motor” nashri 2016-yilda Xitoy aholisi orasida eng xaridorgir avtomobillar haqida ma’lumot berdi.
15-o‘rin – Wulling Sunshine Pickup
Arzongina va katta bo‘lmagan yuk mashinasi 2015-yilga nisbatan sotilish ko‘rsatkichini 4,6 foizga oshirdi. 2016-yilda 3 silindrli mashinaning 201 489 tasi sotilgan.
14-o‘rin – Volkswagen Santana
Volkswagen Santana Volfsburgdagi zavodda Xitoy bozori uchun maxsus ishlab chiqarilgan. 2016-yilda Xitoyda 222 256 ta Volkswagen Santana sotilgan. Bu 2015-yilgi nisbatan 1,4 foiz kamroq.
13-o‘rin – Ford Escort
Ford Escort Xitoyda 2014-yildan buyon sotib kelinadi. 2015-yilda ushbu mashinaning 167 205 tasi sotilgan bo‘lsa, 2016-yilda ushbu ko‘rsatkich 224 450 tani tashkil etdi. Sotuvlar hajmi 34,2 foizga oshdi.
12-o‘rin – Volkswagen Sagitar
Volkswagen Sagitar Xitoyda “qarindoshi” Santana’dan ko‘ra ancha mashhur. 2016-yilda xitoyliklar ushbu mashinaning 251 627 tasini xarid qilgan. 2015-yilga nisbatan savdo hajmi 11,9 foizga oshgan.
11-o‘rin – Baojun 730
Nomi xitoycha bo‘lishiga qaramay, Baojun – GM korporatsiyasining mahsuloti sanaladi. 730 modeli esa kompaniyaning eng yaxshi sotiladigan mashinalaridan biri. 2016-yilda Baojun 730 modelining 255 128 tasi sotib olingan.
10-o‘rin– Baojun 560
Baojun’ning yana bir xitlaridan biri – 560 krossoveri. Uning kapoti ostida 137 ot kuchiga teng 1,8 litrli motor turibdi. 2016-yilda 257 705 ta Baojun 560 Xitoyda o‘z egalarini topdi. 2015-yilga nisbatan savdo hajmi naqd 219,2 foizga oshgan.
9-o‘rin – GAC Trumpchi GS4
Mazkur avtomobil debyuti 2015-yili Detroytda bo‘lib o‘tgan. Baojun 560 singari GAC Trumpchi GS4 ham 2015-yildan Xitoy bozoriga kirib keldi. O‘sha yilning o‘zida 83 581 ta Trumpchi sotilgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 257 979 tani tashkil etdi.
8-o‘rin – Nissan Sylphy
Qarshingizda Nissan Sentra, ammo Xitoyda u boshqacha nomlanadi. 2016-yilda Nissan Sylphy’ning 273 693 tasi sotilgan. Bu 2015-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 7,4 foizga ko‘proq demakdir.
7-o‘rin – Toyota Corolla
Toyota Corolla Yer sayyorasida eng ko‘p sotiladigan avtomobil sanaladi. Ammo Xitoyda ushbu mashina faxrli 7-o‘rinni egalladi. 2016-yili Xitoyda Corolla’ning 282 666 donasi sotilgan.
6-o‘rin– Volkswagen Jetta
Qiziq, Volkswagen Jetta – bu o‘sha Santana’ning o‘zi, ammo biroz ixcham varianti. Shu sababli, unga bo‘lgan ehtiyoj ham ko‘proq. 2015-yilda Jetta’ning 222 222 nusxasi sotilgan bo‘lsa, 2016-yilda ushbu ko‘rsatkich 31,3 foizga oshdi va 291 773 tani tashkil etdi.
5-o‘rin – Hyundai Elantra
2016-yilda Hyundai Elantra’ning 302 043 tasi sotilib, avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 17,8 foizga oshganiga qaramay, ushbu model bir yil oldingi 5-pog‘onasida qolib ketdi.
4-o‘rin – Buick Excelle GT
Xitoyda 2016-yili Buick Excelle GT modelining 306 487 donasi sotildi. Sotilish hajmi 2015-yilgi ko‘rsatkichga ko‘ra 37,9 foizga oshgan.
3-o‘rin – Haval H6
Xitoyda sotilishi bo‘yicha “bronza medali” Haval H6 avtomobiliga nasib qildi. 2016-yilda mazkur modelning 410 770 donasi sotilgan va sotish hajmi avvalgi yilga nisbatan 41,5 foizga ortgan.
2-o‘rin – Wuling Hongguang
“Kumush medal” Wuling Hongguang avtomobiliga tegishli bo‘ldi. 2015-yilda mazkur avtomobilning 500 226 tasi sotilgan, ammo 2016-yilda ushbu ko‘rsatkich 12,3 foizga pasayib, 438 630 tani tashkil etdi.
1-o‘rin – Volkswagen Lavida
Xitoyda 2016-yilda eng ko‘p sotilgan avtomobil – Volkswagen Lavida. Yil mobaynida Lavida’ning 450 110 donasi sotilgan.
Mavzuga doir: Xitoy avtosalonlarida bir yilda 28 milliondan ortiq mashina sotilib, rekord o‘rnatildi
Izoh (0)