Yashil qit’ada davom etayotgan tennis bo‘yicha Australian open—2017 musobaqasining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida opa-singil Serena va Vinus Uilyamslar final chiptasini qo‘lga kiritdi.
“Sports.ru” ma’lumotiga ko‘ra, opa-singillar “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi tennis musobaqalarining hal qiluvchi o‘yinida o‘zaro to‘qqizinchi bor to‘qnash keladi. Ular so‘nggi bor bundan sakkiz yil muqaddam — Uimbildon—2009 finalida o‘zaro kurash olib borgandi.
Opa-singillar o‘rtasida finallarning oltitasida 1 yosh kichiqroq Serena zafar quchgan. Oilaning to‘ng‘ich qizi Vinusga ikki bor chempionlik nasib qilgan. “Katta dubulg‘a” hal qiluvchi o‘yinida ular ilk bor US Open—2001 doirasida 16 yil muqaddam to‘qnash kelgandi.