Opa-singil Kalani va Jarani Din AQShning Massachusets shtatida 2016-yil 23-aprelida tug‘ildi. Turli tuxumlardan rivojlangan boshqa ko‘plab egizaklar kabi, ularning yuz tuzilishi bir xil emas. Ammo bu egizaklar o‘rtasidagi farq kattaroq bo‘lib chiqdi: qizchalar turli teri rangiga ega, deb yozadi National Geographic.
Noodatiy egizaklarning otasi, Tomas Din afro-amerikalik, onasi, Uitni Meyer esa oq tanli. Ularning 7 yoshli o‘g‘li ham bor, u Uitnining birinchi turmushi chog‘ida tug‘ilgan.
Din-Meyer oilasida Kalani “otasining qizi” hisoblanadi. O‘zining oq tanli singlisidan farqli o‘laroq, u yerda sudralib yurishni yaxshi ko‘radi, Jarani esa ko‘proq ovqatga qiziqadi. Ota-onasi ularni bir xil kiyintirib qo‘yadi, akasi esa singillarini jon deb o‘ynatadi.
Irqi turlicha bo‘lgan aka-uka va opa-singillar haqida mana bu maqolada ham ma’lumot olishingiz mumkin.
Izoh (0)