O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qaror ijrosi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: cdn.newsapi.com.au

Foto: AP

Majlisda amnistiyaga oid qarorning qo‘llanilishida oshkoralik tamoyiliga to‘liq amal qilinishiga e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.

Bunda jamoatchilik nazorati, xususan, deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.

Shu maqsadda senatorlar, deputatlar, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning mintaqaviy vakillari, Fuqarolik jamiyati institutlari xodimlaridan iborat ishchi guruhlari tuzildi.

Ular tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida 185 uchrashuv o‘tkazildi. 8300 dan ziyod mahkum bilan suhbat qilindi.

Amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilingan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar monitoring qilib borildi.

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari, tashkilotlar, mehnat jamoalari, jazoni o‘tash joylari hamda mahallalarda qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida ko‘plab targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.