O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida Prezident Shavkat Mirziyoyev taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis Senati tomonidan 2016-yil 12-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qaror ijrosi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: komiinform.ru

Foto: “Komi Inform”

Avvalroq qayd etilganidek, qaror ijrosi doirasida 2017-yil 13-yanvar holatida amnistiya akti 40 mingga yaqin shaxsga nisbatan tatbiq etildi.

Ushbu shaxslardan 26 mingdan ziyodi jinoiy javobgarlikdan hamda jinoiy jazodan ozod qilindi. Jumladan, amnistiya 5400 dan ziyod xotin-qizga, 893 voyaga yetmaganga, 410 nafar chet davlatlar fuqarosiga nisbatan qo‘llanildi.

Qarorning 2-bandiga muvofiq ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan 15 mingdan ziyod shaxs jazodan ozod qilindi.

13,5 mingga yaqin shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati qarorning 6-bandiga muvofiq qisqartirildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.