Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston ot sporti federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Uni qo‘mita bosh kotibi Oybek Qosimov olib bordi. Konferensiyada, shuningdek, Mirabror Usmonovning o‘rniga MOQ prezidenti etib tayinlangan “O‘zbekneftgaz” rahbari Alisher Sultonov ham ishtirok etdi.
Endilikda ot sporti federatsiyasi rahbari sifatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining raisi Qudratilla Rafiqov faoliyat olib boradi. Unga bosh kotib sifatida Eldor Anorboyev yordam beradi.
Bunga qadar ot sporti uchun javobgar bo‘lib kelgan tashkilot rahbari Rifkat Migmanovga mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirilgan va u federatsiya ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylangan.
Izoh (0)