Angliyaning “Liverpul” klubi braziliyalik futbolchi Filipe Koutinyo bilan shu yilning 1-iyul sanasidan amalda bo‘ladigan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda “Sports.ru” ma’lumot berdi.
Shartnomaga imzo chekilgani aniq bo‘lsa-da, “Liverpul” uning shartlari borasida e’lon qilmagan. Ayrim nashrlar Koutinyo “mersisayd” klubi safida yana 5 yil to‘p surishga rozi bo‘lganini qayd etgan. Boisi “Liverpul” Koutinyoni klubda eng katta maosh oladigan futbolchiga aylantirgan.
Stiven Jerrard
“Liverpul” afsonasi klub safida yana paydo bo‘lishi mumkin. Klubning ayni paytdagi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Jerrardga qo‘lidan kelganicha yordam berishga tayyorligini bildirgan.Avvalroq Jerrardning “Liverpul” futbol akademiyasida paydo bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi. Oradan ko‘p o‘tmay, sobiq futbolchi Yurgen Klopp bilan uchrashdi.
Biz juda uzoq va mazmunli suhbat qurdik. Uning ajoyib inson ekanligini qolganlar mendan ham yaxshiroq biladi.Jerrard nima istayotganini aniqlash chindan ham zarur edi. U esa yaqin kelajakda murabbiy bo‘lish niyati borligi haqida aytdi va bu juda zo‘r.
Men nima qilishim mumkin? Stivendan ajoyib murabbiy chiqishi uchun qo‘limdan keladigan barcha yordamni berishga tayyorman. Men buni chin dildan istayman. Agar futbolchilik tajribasidan kelib chiqib, murabbiylik sohasida ham mahoratini oshirsa, uni oldinda porloq kelajak kutadi.
Yurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi
Izoh (0)