Myunxenning “Bavariya” jamoasi Germaniya chempionatidagi asosiy raqobatchisi bo‘lib turgan “Leypsig” klubini mag‘lub etgani uchun “Ingolshtadt”ni va’da qilingan kolbasalar bilan siyladi, deb xabar bermoqda FourFourTwo.
Germaniya chempionati 14-turida “Ingolshtadt” jamoasi “Leypsig”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Va’daga binoan, “Bavariya” direktorlar kengashi raisi Karl-Xayns Rummenigge 24-yanvar, seshanba kuni “Ingolshtadt” ofisiga tashrif buyurib, o‘zi bilan birga Myunxenning oq kolbasalarini olib keldi. Har ikki jamoa vakillari birgalikda tushlik qildi.
Va’da qilingan kolbasalar uchun tashakkur. So‘zingiz ustidan chiqdingiz.“Bavariya” joriy mavsumda “Leypsig”ni mag‘lubiyatga uchratgan har bir jamoaga Myunxenning oq kolbasalarini va’da qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Germaniya chempionati 17-turidan keyin “Bavariya” 42 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. “Leypsig” 39 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni band qilgan. Joriy mavsumda biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan “Xoffenxaym” 31 ochko bilan uchinchi pog‘onani egallab turibdi.
Qayd etish joiz, ushbu mavsumda Bundesliga debyutanti “Leypsig” atigi ikki marta – “Bavariya” (0:3) va “Ingolshtadt”ga (0:1) yengilgan.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)