Toshkentdagi to‘ylardan birida kuyov ukasi bilan birgalikda onasiga atab O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Mama” taronasini kuyladi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Kuyovning bu kutilmagan sovg‘asi barcha yig‘ilganlarning, shu jumladan onasining ham ko‘z yoshlariga sabab bo‘ldi.
Mazkur video joylangan sahifada yuzlab internet foydalanuvchilari onaga qanchalar havas qilganini va o‘g‘ilning bu harakati tahsinlarga sazovor ekanligini e’tirof etgan.
Video ostida joylangan sharhlardan ma’lum bo‘lishicha, mazkur to‘y 2016-yilning oktabr oyida ozarbayjon va o‘zbek millatiga mansub oilada bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga doir: Tinib-tinchimagan odamlar: To‘yda kelin uchun do‘stlari bilan raqsga tushgan kuyov (video)
Izoh (0)