Slack jamoasi 2017-yilning yanvar oyi o‘rtasida Nyu-Yorkdagi yangi ofisiga ko‘chdi. Yangi ofisda jami 85 kishi ishlamoqda, kompaniya Nyu-Yorkdagi ishchilar shtatini oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Vc.ru”.
Yangi shtab-kvartiraning umumiy maydoni 1 400 kvadrat metrdan iborat.
Slack’ning Nyu-York bo‘linmasi asosan savdo bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt texnologiyasini o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan yo‘nalish ham ofisga joylashadi. Uni Foursquare’ning sobiq vitse-prezidenti Noa Vays boshqaradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)